Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Bola bilan gaplaşadigan öyinçoq: texnologiyaning körinmas xavflari

Bola bilan gaplaşadigan öyinçoq: texnologiyaning körinmas xavflari

Surat: Rori Erlix / AP agentligi.

Hali plastmassa va sintetik böyoqlardan yasalgan öyinçoqlar, ularning bola salomatligiga taʼsiri haqidagi xavotirlarimiz bosilmay turib, endi yana bir yangi savol paydo böldi. Tasavvur qiling, öyinçoq bola bilan gaplaşa boşlasa-çi?

Yaqin-yaqingaça bolaga öyinçoq tanlaganda uning nimadan yasalgani, böyoği köçmasligi, mayda qismlari bor-yöqligi, yoşiga mosligiga qarardik. Endi esa dökonlarda boşqaça mahsulotlar ham paydo bölmoqda. Ular bolaning savollariga javob beradi, ertak, topişmoq aytadi, suhbatni davom ettiradi. Ayrimlari hatto bolaning kayfiyatini anglaşi, hissiy rivojlanişiga yordam berişi bilan reklama qilinmoqda.

Taşqi körinişidan bunday öyinçoqlar oddiy yumşoq quyonça, ayiqça, qöğirçoq yoki robotdan farq qilmasligi mumkin. Ammo içida mikrofon, internetga ulaniş imkoniyati va bola bilan oçiq muloqot qila oladigan sunʼiy intellekt tizimi bor.

 Bugun bolaning hissiy dunyosiga,  ruhiy olamiga sunʼiy intellekt qanday kirib kelmoqda?

Öyinçoqning javobi har doim ham bolaga mos emas

Yaqinda «The Guardian» naşrida eʼlon qilingan xabar bu masalaga xalqaro miqyosda jiddiy eʼtibor qaratilayotganini körsatdi. Olti qitʼadagi 150 dan ortiq bolalar xavfsizligi taşkiloti va mutaxassislari Amazon hamda eBay rahbarlariga murojaat qilib, sunʼiy intellektli öyinçoqlar xavfsizligi isbotlanmagunça ularning savdosini töxtatişni söragan.

Murojaatga sabab bölgan holatlardan biri, uç yoşdan boşlab bolalarga möljallangan deb sotilgan yumşoq quyonça.

foto:Byline Times

U ChatGPT bilan boğlangan bölib, Britaniyadagi Alliance 4 Children taşkiloti sinovidan ötkazilganda bolalarga mos bölmagan savollarga javob qaytargan. Kiçik bola nomidan savollar berilganda ham, öyinçoq katta yoşli odam bilan suhbatlaşayotgandek javob qaytargan. Yaʼni, u kattalar örtasida muhokama qilinadigan uyatli mavzulardagi savollarga ham javob berişi aniqlangan.

Uşbu öyinçoq bir joyda 18 oydan uç yoşgaça bölgan bolalar uçun deb körsatilgan, boşqa qismida esa işlab çiqaruvçi tavsiya qilgan yoş 16–18 yoş deb yozilgan. Undan foydalanişda ulangan ChatGPT xizmatining yoşga oid talablari ham alohida masala bölib qolgan. Demak, öyinçoqning taşqi yorliğidagi tavsiya bilan uning içida işlayotgan texnologiyaning talablari bir-biriga mos kelmasligi mumkin.

«The Guardian» xabar berişiça, quyonça avval Amazon sahifasidan olib taşlangan, ammo 48 soatdan keyin boşqa sotuvçi nomi bilan yana paydo bölgan. Keyin bu eʼlon ham öçirilgan. Bu esa internet savdosida mahsulotni bir marta olib taşlaş bilan muammo hal bölmasligini körsatadi. Bir sotuvçining sahifasi yopilsa, öşa mahsulot boşqa nom bilan yana xaridorga taklif qilinişi mumkin.

«Byline Times» naşrining suriştiruvida ham şu quyonça haqida batafsil maʼlumot berilgan. Naşrga köra, mahsulot bir neçta brend nomi ostida sotilgan. Uni boşqarişda foydalaniladigan dasturiy taʼminotni yetkazib beruvçi Tuya kompaniyasi esa mahsulot bolalarga möljallangan holda sotilgan bölsa-da, unda bolalar xavfsizligi rejimi yoqilmaganini öz talablariga zid deb baholagan.

Bu misolda muammo faqat öyinçoqning notöğri javobida emas. Uning içida qaysi dastur işlayotgani, bolaning ovozi va suhbatlari qayerga uzatilayotgani, bu maʼlumotlarni kim saqlaşi ham aniq bölişi kerak. Bola esa bularning birortasini bilmaydi. U öziça quyonçasi bilan gaplaşyapman, deb öylaydi.

Bola öyinçoqni döst deb bilsa...

Sunʼiy intellektli öyinçoqlar haqidagi muhim tadqiqotlardan biri 2026-yil mart oyida Kembrij universitetining PEDAL tadqiqot markazi tomonidan eʼlon qilindi. «AI in the Early Years» deb nomlangan loyihada beş yoşgaça bölgan bolalarning generativ sunʼiy intellektdan foydalanadigan yumşoq öyinçoq bilan muloqoti örganilgan.

Bir yil davomida olib borilgan tadqiqotda Londondagi bolalar markazlarida 14 nafar bolaning Gabbo nomli öyinçoq bilan öynaşi kuzatilgan, şuningdek, ota-onalar va maktabgaça taʼlim sohasidagi mutaxassislar fikri örganilgan. Kuzatuvlarda bolalar öyinçoqni quçoqlagani, öpgani, unga mehr bildirgani, hatto döstidek qabul qilgani qayd etilgan.

Tadqiqot iştirokçilaridan biri bölgan uç yoşli Mya sunʼiy intellekt asosida işlaydigan «Gabbo» öyinçoği bilan.

Kiçik yoşdagi bolalar oddiy qöğirçoq bilan ham gaplaşadi, uni ovqatlantiradi, uxlatadi, öziça tirik qahramonga aylantiradi. Ammo yangi öyinçoqning farqi şundaki, u bolaning gapiga javob qaytaradi. Bola uning «javobini» eşitadi va suhbatni davom ettiradi. Şu bois tadqiqotçilar bolalarning bunday öyinçoqlarga munosabatini jiddiy örganiş zarurligini taʼkidlamoqda.

Kuzatuvda yana bir qiziq holat aniqlangan. Bola öyinçoqqa xafa ekanini aytganida, u «Men baxtli robotman, kel, öyinni davom ettiramiz», degan mazmunda javob qaytargan. Yaʼni bolaning hissiy holatini anglaş örniga, suhbatni boşqa tomonga burgan.

Bu yerda sunʼiy intellektning imkoniyati va çeklovi örtasidagi farq körinadi. U «xafaman» degan sözni tanişi, tasalli beruvçi jumlani tuzişi mumkin. Ammo bu uning bola nimani his qilayotganini inson kabi tuşunişini anglatmaydi. Bola xafa bölganida katta odam uning ovozini, yuz ifodasini, vaziyatni hisobga oladi. Zarur bölsa, savol beradi, bağriga bosadi yoki şunçaki yonida ötiradi. Öyinçoq esa bolaning gapini maʼlumot sifatida qabul qilib, dastur imkoniyati doirasida javob qaytaradi.

Kembrij tadqiqotçilari bunday öyinçoqlar ijtimoiy va tasavvurga asoslangan öyinlarda ham qiynalişini qayd etgan. Masalan, bola birgalikda xayoliy öyin boşlamoqçi bölsa, öyinçoq uning niyatini tuşunmasligi yoki suhbatni boşqa tomonga burib yuborişi mumkin. Baʼzi bolalar esa öyinçoq ularni eşitmayotgandek tuyulgani uçun asabiylaşgan.

Tadqiqot mualliflari sunʼiy intellektli öyinçoqlar til va muloqot könikmalarini rivojlantirişda maʼlum imkoniyatlarga ega bölişi mumkinligini inkor etmaydi. Lekin ularning bola rivojlanişiga foydasi hozirça yetarliça isbotlanmagan. Tadqiqotning özi ham kiçik miqyosda ötkazilgani sababli, uni barça bolalarga yoki barça turdagi öyinçoqlarga tatbiq etib bölmaydi.

Suhbat uzaygan sari xavfsizlik çeklovlari ham susayişi mumkin

2026-yil 17-noyabr kuni AQŞdagi U.S. PIRG Education Fund taşkiloti «Trouble in Toyland 2026» hisobotini eʼlon qildi. Unda yettita sunʼiy intellektli öyinçoq sinovdan ötkazilgan. Tekşiruvçilar ayrim öyinçoqlardan bolalarga mos bölmagan mavzularda javoblar olgan, baʼzilari esa uydagi xavfli buyumlarni qayerdan topiş mumkinligini aytib bergan, masalan gugurt...

Hisobotdagi eʼtiborli jihatlardan biri — ayrim öyinçoqlarning xavfsizlik çeklovlari suhbat uzaygan sari susayişi. Dastlab nomaqbul savolni rad etgan tizim keyingi muloqotlarda çegaradan çiqib ketişi mumkin. Demak, öyinçoqning xavfsizligini bir-ikki savol berib tekşirişning özi yetarli emas.

«The Guardian» naşri PIRG sinovlariga tayanib, yettita öyinçoqdan biri tekşiruvçilarni  kutilmaganda suratga olganini ham xabar qildi. Bu esa mikrofon bilan bir qatorda kamera va boşqa maʼlumot yiğiş vositalari masalasini ham kun tartibiga olib çiqadi. Öyinçoq bolaning ovozini eşitadimi, uni yozib oladimi, suratga oladimi, maʼlumotlarni qayerga yuboradi, bular mahsulot xavfsizligining muhim qismi.

Şu örinda savol tuğiladi: bola öyinçoq bilan gaplaşayotganda, uning aytganlari qayerda saqlanadi? Oilasi, qörquvlari, xafagarçiliklari haqidagi suhbatlar kimning qöliga tuşişi mumkin? Ota-ona bu maʼlumotlarni öçira oladimi? Mahsulotni sotib olgan kişi uning maxfiylik siyosati bilan tanişganmi?

Bola bunday savollarni bermaydi. U öyinçoq bilan gaplaşadi, xolos. Şu sababli uning şaxsiy maʼlumotlari himoyasi faqat ota-onaga qoldiriladigan vazifa bölmasligi kerak. Işlab çiqaruvçi, dasturiy taʼminotni yetkazib beruvçi va mahsulotni savdoga çiqargan kompaniya ham masʼuliyatni öz zimmasiga olişi zarur.

Texnologiya va bola xavfsizligi

Bu xavotirlar endi faqat tadqiqotçilar yoki bolalar huquqini himoya qiluvçi taşkilotlar doirasida muhokama qilinmayapti. Britaniyada parlament aʼzolari sunʼiy intellektli öyinçoqlar savdosini çeklaş masalasini kötardi. Hukumat esa öyinçoqlar xavfsizligi qoidalarini qayta körib çiqiş jarayonida sunʼiy intellektdan kelib çiqadigan xatarlarni ham örganmoqda. Amazon va eBay ham ayrim mahsulotlarni tekşiriş va savdodan olib taşlaş böyiça çoralar körayotganini bildirgan.

AQŞning Nyu-York ştatida esa 24-noyabr kuni sunʼiy intellekt çatbotlari bilan muloqot qiladigan öyinçoqlarni işlab çiqariş, tarqatiş va sotişga beş yillik moratoriy joriy etiş töğrisidagi qonun imzolandi. U internet orqali bolalar bilan suhbatlaşa oladigan qöğirçoqlar, yumşoq öyinçoqlar va robotlarni qamrab oladi. Qonun imzolangan kundan 90 kun ötgaç, yaʼni 2027-yil 22-fevraldan kuçga kirişi belgilangan. Bu doimiy taqiq emas, texnologiyaning xavf va imkoniyatlarini örganiş uçun belgilangan beş yillik tanaffusdir.

Albatta, bu qaror sunʼiy intellektli öyinçoqlarning barçasi zararli ekanini isbotlamaydi. Ammo bolalarga möljallangan mahsulotlarning xavfsizligi isbotlanmasdan turib, ularni bozorga çiqariş töğrimi, degan savolni örtaga qöyadi.

Bu masala biz uçun ham begona emas. Internet orqali xorijiy mahsulotlarni xarid qiliş imkoniyati kengaygan şaroitda bolalarga möljallangan yangi texnologiyalarning xavfsizligi haqida ham öylaş kerak. Özbekiston bozorida bunday öyinçoqlar qay darajada tarqalgani, ularning qaysilari bolalarga möljallangani, maʼlumotlarni himoya qiliş va yoşga moslik talablari qanday tekşirilayotgani haqida alohida örganiş zarur.

Ehtimol, yaqin yillarda bunday öyinçoqlar yanada takomillaşar, bolalarga mos va xavfsiz modellar paydo bölar. Ammo bugungi tadqiqotlar bola uçun qiziqarli bölgan har qanday texnologiya uning manfaatiga xizmat qilmasligini isbotlayapti. Zero, öyinçoqning foydaliligi bola xavfsizligini qay darajada taʼminlaşi bilan ham ölçanişi kerak.

Barno Sultonova

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring