Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

14-avgust kuni o‘tkazilgan test natijalari ma’lum bo‘ldi

14-avgust kuni o‘tkazilgan test natijalari ma’lum bo‘ldi

Foto:«Repost.uz»

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘n oltinchi kuni (14-avgust) natijalari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat test markazi o‘z rasmiy kanalida xabar berdi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi – 229,4 ball (174,4 ball test sinovlari natijasi, 55 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5111400 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5120112 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
- Toshkent davlat yuridik universitetining 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball.

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

- O‘zbekiston Milliy universitetining 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi – 161,9 ball.

k) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:
- Qoraqalpoq davlat universitetining 5240100 – Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 172,1 ball.

Test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet orqali ya’ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritgan holda ko‘rish mumkin.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring