Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aziz Abduhakimov: «76 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi»

Aziz Abduhakimov: «76 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi»

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

Foto: «Gazeta.uz»

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bugungi test sinovlarining 1-smenasi haqida Feysbukdagi sahifasi orqali ma’lumot berdi:

— Respublikamizdagi 15 ta oliy ta’lim muassasalarida test sinovlari bir vaqtda 8:00 dan boshlanib, 11:30 ga qadar to‘liq yakunlandi.

Test sinovlarida 15 ta oliy ta’lim muassasalarining 50 ta ta’lim yo‘nalishida 30 ming 690 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra test sinovlarida 29 856 nafar abituriyent ishtirok etdi, 834 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Bundan tashqari, test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 76 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi (hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun).

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan 2 ming 469 nafar guruh nazoratchilari jalb etilishi belgilangan. Shundan, 35 nafari ishtirok etmadi.

Test natijalari Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 2-cmena yakunlangandan so‘ng 18.30 dan qaytarish boshlanadi.

Toshkent shahrida test materiallari 1-smena tugashi bilan 12.00dan boshlab Davlat test markaziga qaytariladi.

Yetib kelgan test natijalari bo‘yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlanadi.

Test natijalarini qayta ishlashda ishtirok etadigan xodimlar test sinovlaridan bir kun oldin tashqi dunyodan uzilgan holda natijalar e’lon qilingunga qadar Test markazida yashaydi (tashqariga chiqmasdan, telefon va boshqa aloqa vositalarisiz).

Tegishli xizmatlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda jamoat va yong‘in xavfsizligi, test materiallarining maxfiy va dahlsizligi, binolar faoliyat tizimining uzluksiz ishlashi, tibbiy xizmat va inshootlarni qo‘riqlash to‘liq ta’minlandi.

Test sinovlari belgilangan reja asosida o‘tkazildi va o‘tkazish jarayonida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermadi, — dedi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring