Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onalik 72 yoshli abituriyent. U kim? (video)

Farg‘onalik 72 yoshli abituriyent. U kim? (video)

Foto:«Abt.uz»

Shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida Farg‘ona davlat universitetiga 72 yoshli onaxon hujjat topshirgani haqidagi xabar tarqaldi. «Vodiy24.uz» sayti bu haqda surishtiruv o‘tkazdi.

– To‘g‘ri, 72 yoshli ayol hujjat topshirgani haqida xabar tarqaldi. Lekin asl holat bunday emas, – deydi ushbu universitet qabul komissiyasi mas’ul kotibi Ravshan Pirnazarov. – Aslida, 72 yoshli abituriyent – Xoliqov Toshtemir Asqarovich 2019-yil 24-iyun kuni mazkur universitetning kunduzgi bo‘limida o‘qish uchun qabul komissiyasiga murojaat qilgan. Uning hujjatlari o‘rnatilgan tartib asosida qabul qilib olingan. Toshtemir aka 1947-yil 10-yanvarda tug‘ilgan. Quva tumanida istiqomat qiladi.

–«Quva don mahsulotlari»  AJda 30 yil, savdoda 10 yil ishlaganman, jamoatchi muxbirlik qilganman, – deydi «Nuroniy abituriyent». – Filologiya fakultetiga hujjat topshirdim. Hozirda test imtihonlariga tayyorgarlik qilyapman.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatimizda «Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda va boshqa me’yoriy hujjatlarda oliy ta’lim uchun yosh bo‘yicha cheklov qo‘yilmagan.

FarDUda bu yil kunduzgi bo‘lim uchun 2256 nafar, magistraturaga 129 talaba qabul qilish rejalashtirilgan. 

>

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring