Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Guliston shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tarqatilgan tahqirli postga XTV munosabat bildirdi

Guliston shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tarqatilgan tahqirli postga XTV munosabat bildirdi

Guliston shahar xalq ta’limi bo‘limi nomidan ochilgan sahifada «Maktab formasi haqida dangal post!» nomli tahqirli va agressiv mazmunda yozilgan post tarqatildi va keyinroq o‘chirib tashlandi.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu material boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalaridan olingan bo‘lib, soha xodimlarning beparvorligi va mas’uliyatsizligi oqibatida kanalga joylangan.

«Lekin bu narsa ushbu holatga yo‘l qo‘ygan mas’ulni javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Ayni vaqtda mazkur holat bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda hamda ushbu holatga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarga tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanishini ma’lum qilamiz», deyiladi munosabatda.

O‘rganish natijalari hamda ko‘rilgan choralar xususida kun yakuniga qadar batafsil ma’lumot berib o‘tilishi qo‘shimcha qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring