Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Masofadan o‘qish sabab kontrakt miqdori o‘zgaradimi? Talabalar uchun muhim savol-javoblar

Masofadan o‘qish sabab kontrakt miqdori o‘zgaradimi? Talabalar uchun muhim savol-javoblar

Foto:«Xabar.uz»

Bugun AOKA shtabida Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Bu haqda AOKA matbuot xizmati xabar berdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Viloyatlik talabalarning karantin davrida o‘z uylarida yashaganligi bois talabalar turar joyi uchun to‘lov pullari qaytarib beriladimi?

Oliy ta’lim muassasalari TTJda yashovchi talabalar o‘quv yili uchun belgilangan to‘lovlarni to‘liq amalga oshirgan bo‘lsalar, foydalanilmay qolgan oylariga to‘langan mablag‘lari talabaning yozma murojaatiga asosan qaytarib beriladi yoki uning roziligi bilan keyingi o‘quv yiliga o‘tkazilib, yotoqxonada yashashi uchun qayta hisoblab beriladi.

Talabalar masofadan o‘qishayapti, ularning kontrakt pulida o‘zgarish bo‘ladimi?

2020-yilning 1-aprelidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun masofaviy ta’lim berish joriy etilganligi munosabati bilan uni tashkil etish va moddiy bazasini yaratishga oliy ta’lim muassasalari tomonidan qo‘shimcha mablag‘lar sarflanmoqda.

Masofaviy ta’lim bevosita (muloqotdagi auditoriya mashg‘ulotlari) o‘quv jarayoni grafigining ikki oyi bo‘yicha kiritilayapti.

Demak, talabalar tomonidan joriy o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt to‘lovlari to‘liq amalga oshirilishi lozim.

Bitiruvchi talabalar kontrakt puli miqdori qancha?

Ular iyul va avgust oylari uchun stipendiya pulini ayirib to‘lashadi.

Viloyatlik talabalar onlayn darslar bilan shug‘ullana olmayotganliklari sabab imtihon topshirolmayapti ekan. Demak, stipendiya ham olishmaydi. Muammoni qanday hal qilish mumkin?

Bu noto‘g‘ri axborot. Qanday imtihon haqida so‘z ketyapti. Ayni vaqtda hech qanday imtihonlar belgilanmagan. Hech kim talabalardan imkonsiz narsani bajarishni talab etmayapti!

Talabalar mart oyi uchun to‘liq stipendiya olishdi. Quyidagi talabalarga stipendiya berilmadi:

- fanlardan qarzdorligi mavjud talabalarga;

- belgilangan muddatda kontrakt pulini to‘lmaganlarga;

- stipendiyasiz kontrakt pulini to‘laganlarga.

15-apreldan e’tiboran aprel oyi stipendiyalarini plastik kartochkalarga ko‘chirish boshlangan.

Ta’kidlashni joizki, har bir yo‘llangan savolning aniq ma’lumotlari bo‘lishi lozim. Aks holda har bir shaxsiy savollarni aniq axborotsiz hal eta olmaymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring