Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qish onlaynga o‘tkaziladimi? Vazirlik izoh bildirdi

O‘qish onlaynga o‘tkaziladimi? Vazirlik izoh bildirdi

Illyustrativ foto

Oliy ta’lim muassasalarida qishki ta’tildan keyingi o‘qish onlayn shaklda bo‘lishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga javoban Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy izoh berdi.

«So‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sabab jamoatchilik o‘rtasida qishki ta’tildan keyingi o‘qish onlayn shaklda bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Xabaringiz bor, rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etilishi munosabati bilan oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgan edi.

Shu o‘rinda, belgilangan tartibga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi hamda  barcha idora va tashkilotlar, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalari ham mazkur qaror asosida ish yuritadi.

Bu borada Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilgan taqdirda vazirlik rasmiy manbalari orqali qo‘shimcha ma’lum qilinadi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring