O‘qituvchilar kompyuter savodxonligi bo‘yicha test topshirmoqda
Ta’lim sifati bo‘yicha Sirdaryo viloyatini namunali hududga aylantirish tashabbusi doirasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 16 oktyabr kuni Xalq ta’limi vazirligi va Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi xalq ta’limi xodimlarining kompyuter savodxonlik darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlariga start berildi.
Ushbu test sinovlarini tashkil etishdan maqsad o‘qituvchi va maktab direktorlarining kompyuter savodxonligini aniqlash va AKT bilim darajasini oshirishdan iborat. Test sinovlari Sirdaryo viloyatining beshta tumanida, xususan, Guliston shahrida, Boyovut, Yangiyer, Oqoltin va Sirdaryo tumanlarida o‘tkazilmoqda.
Test o‘qituvchilarga alohida maktab direktor va ularning o‘rinbosarlari uchun alohida murakkablikda tuzilgan bo‘lib, 30 ta testni belgilash talab etiladi. 22 oktyabrgacha davom etadigan sinovlarda xalq ta’limi tizimidagi 12 mingga yaqin o‘qituvchi va xodimlar ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter