Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchining sabr va matonatiga qoyil qolmasdan iloji yo‘q

O‘qituvchining sabr va matonatiga qoyil qolmasdan iloji yo‘q

Foto: XTV

Bolalarim har kuni telegram kanali orqali o‘qituvchilari bilan muloqot qilishmoqda. Videodarslarni kuzatib, vazifalarni olib, darslarini tayyorlab telegram orqali o‘qituvchisiga jo‘natishadi. Kuniga 4-5 ta fan o‘tiladi.

Tasavvur qiling, sinfda 30-35 nafar atrofida o‘quvchi bor. Ularning har biri 4-5 ta fandan tayyorlagan vazifasini jo‘natishadi, videodarsda tushunmagan joylarini ustozidan so‘rashadi.

Boshlang‘ich sinflarda aksariyat darslar bir o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladi va ular bir vaqtning o‘zida bir nechta fanga mas’ul hisoblanishadi.

Katta sinflarda fanlar bo‘yicha o‘qituvchilar alohida hisoblanadi, lekin ularda sinflar soni ko‘p. Bu degani har bir dars o‘tadigan sinflari bo‘yicha 30-35 nafar o‘quvchidan iborat alohida telegramm guruhlari mavjud va shu orqali ular bilan dars qilishadi.

Bir kunlik faoliyatni o‘ylab ko‘ring, o‘qituvchi nechta o‘quvchi bilan muloqot qiladi va ularga tushuntirish beradi.

Ko‘rinib turibdiki o‘qituvchining deyarli butun kuni davomi o‘quvchilari bilan o‘tmoqda.

Masofaviy ta’lim oddiy dars o‘tish tarzidan ancha murakkab va u kun davomida, gohida kechki paytda ham o‘qituvchilarni o‘quvchiga bog‘lab qo‘ymoqda.

Sizlarga kuch quvvat aziz ustozlar, farzandlarimiz baxtiga doimo sog‘ omon bo‘linglar! Ta’zimdamiz.

Feruza MADRAHIMOVA,
Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring