Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlarga qabul boshlandi(mi)? Vazirlik izoh berdi

OTMlarga qabul boshlandi(mi)? Vazirlik izoh berdi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoq va messenjerlarlarda OTMlarga abituriyentlardan hujjat qabul qilish boshlanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur xabar bo‘yicha bayonot berdi.

«Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi turli norasmiy manbalarda oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlardan hujjat qabul qilish boshlanganligi haqidagi xabarlarni rasman rad etadi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga 2019-2020-o‘quv yili uchun qabul jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul to‘g‘risidagi qarori asosida qabul rejalari tasdiqlangan kundan boshlanadi» deyiladi bayonotida.

Vazirlik tizimga oid eng so‘nggi va rasmiy axborotlar bilan bevosita o‘zining rasmiy veb-sayti va ijtmoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali topish mumkinligini eslatib o‘tgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring