Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Konservatoriyaga yangi rektor tayinlandi

Konservatoriyaga yangi rektor tayinlandi

Kamoliddin O‘rinboyev O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlandi.

Bu haqda Davlat filarmoniyasi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Kamoliddin O‘rinboyev 1985-yilda tug‘ilgan. U O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestri asoschisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori. Milliy simfonik orkestr (Davlat filarmoniyasi) bosh dirijyori sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan, shuningdek, konservatoriyada dars bergan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni sohibi sanaladi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring