Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari soni 6,8 mln nafardan oshdi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari soni 6,8 mln nafardan oshdi

Foto: Xabar.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 6 mln 870 ming 500 nafarni tashkil etdi.

O‘quvchilar soni avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 94,2 ming nafarga oshgan.

Jami o‘quvchilarning 51,2 foizini o‘g‘il bolalar, 48,8 foizini qiz bolalar tashkil qilgan.

Hududlar kesimida o‘quvchilar soni:

  1. Samarqand viloyati — 814,2 ming nafar
  2. Farg‘ona viloyati — 733,4 ming nafar
  3. Qashqadaryo viloyati — 688,1 ming nafar
  4. Andijon viloyati — 634,7 ming nafar
  5. Surxondaryo viloyati — 572,8 ming nafar
  6. Namangan viloyati — 571,3 ming nafar
  7. Toshkent shahri — 562,1 ming nafar
  8. Toshkent viloyati — 547,2 ming nafar
  9. Xorazm viloyati — 377,4 ming nafar
  10. Buxoro viloyati — 348,4 ming nafar
  11. Jizzax viloyati — 284,6 ming nafar
  12. Qoraqalpog‘iston Resp. — 375,5 ming nafar
  13. Navoiy viloyati — 195,7 ming nafar
  14. Sirdaryo viloyati — 165,1 ming nafar
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring