O‘zbekistonda ta’lim xizmatlariga 23,8 trln so‘m sarflandi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 23,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizga oshgan.
Ta’lim xizmatlari tarkibida eng katta ulush oliy ta’lim sohasiga to‘g‘ri kelgan. Uning ulushi jami ta’lim xizmatlarining 42,4 foizini tashkil etgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan — 12,7 trln so‘m. Bu respublika bo‘yicha jami ta’lim xizmatlarining yarmidan ko‘prog‘iga teng.
Toshkent shahridan keyingi yuqori ko‘rsatkichlar Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan. Har ikki hududda ta’lim xizmatlari hajmi 1,5 trln so‘mni tashkil qilgan.
Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 1,2 trln so‘m, Toshkent va Namangan viloyatlarining har birida 1,1 trln so‘m bo‘lgan. Buxoro viloyatida esa 1 trln so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.
Qashqadaryoda ta’lim xizmatlari hajmi 877,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 691,3 mlrd so‘m, Xorazmda 602,5 mlrd so‘m, Surxondaryoda esa 577,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Navoiy viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 373,6 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 323,9 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida esa 243,6 mlrd so‘m bo‘lgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter