Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya universitetlari diplomi O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi kutilmoqda

Rossiya universitetlari diplomi O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi kutilmoqda

Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati

Xorijda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash jarayoni va uni soddalashtirish maqsadida ekspert Vera Skorobogatova yurtimizga kelishi haqida xabar berilgan edi. 

Bugun Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenbayev  Vera Skorobagatova bilan uchrashdi. Uchrashuvda Rossiyada tahsil olishni xohlayotgan yoshlarga imkoniyatlar yaratish hamda ushbu imkoniyatlarni ularga tushintirish, qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida mamlakatimiz yoshlari bilan joriy yilning 20-fevral kuni «Poytaxt» biznes markazida uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida «Ta’lim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha hukumatlararo Bitim» loyihasini ishlab chiqilib, ikki davlat Hukumatlariga taqdim qilingan. Ushbu bitimning imzolanishi ikki davlat o‘rtasida ta’lim xujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi, yoshlarlarni bilim olishlaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish (Rossiyada xujjatlarni nostrifikatsiya qilish 45 kungacha vaqtni oladi) va ularning har yili taxminan 800 000 AQSh dollari miqdordagi mablag‘larini tejashni ta’minlaydi.

Hozirda Rossiya Federatsiyasida 25 mingga yaqin o‘zbek o‘quvchi-yoshlar ta’lim olmoqdalar va har yili ular soni o‘rtacha 7500 ga oshib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring