Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning 80dan ziyod OTM rektorlari O‘zbekistonga keladi

Rossiyaning 80dan ziyod OTM rektorlari O‘zbekistonga keladi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan Toshkent shahrida shu yilning 18-19-oktyabr kunlari birinchi marotaba «O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi» o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Forumda ikki mamlakat prezidentlari administratsiyalari, Hukumat rahbarlari, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va Rossiya Federatsiyasini Ta’lim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80 dan ziyod nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

Ikki davlat OTMlari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda muhokama qilishadi.

«O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi» yakunlari bo‘yicha: O‘zbekistonda Rossiyaning nufuzli OTMlari filiallarini tashkil etish; akademik tayyorgarlik bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish; birgalikda ilmiy va innovatsion forumlarni o‘tkazish; ilmiy-tadqiqot bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring