Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat: O‘zbekistonda yuzlab maktablar qo‘lbola pechlarda isitilmoqda

Senat: O‘zbekistonda yuzlab maktablar qo‘lbola pechlarda isitilmoqda

Foto: «Uza.uz»

Senat yalpi majlisida Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar mazkur hududlardagi 167 maktab mo‘rili cho‘yan va qo‘lbola pechlar bilan isitilayotgani tanqid qilindi. Boshqa viloyatlarda ham ahvol bundan yaxshiroq ekanligiga hech kim kafolat bermaydi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

— Bolalarning sog‘lig‘iga va hatto hayotiga xavf soladigan, ularda surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradigan bu muammoni bartaraf etish bo‘yicha Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari qanday tashabbus yoki talab bilan chiqdi? — dedi Senat raisi N.Yo‘ldoshev. — Agar bunday tashabbuslar, misol uchun, Moliya vazirligiga kiritilgan bo‘lsa, bu vazirlik qanday choralar ko‘rdi? Bu holat ertaga mudhish oqibatlarni keltirib chiqarmasligiga kim kafolat beradi?

Holbuki, ijtimoiy tarmoqlarda va favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining axborotlarida is gazidan zaharlanishning ayanchli holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tez-tez tarqatilmoqda.

Senat raisi bu kabi muammolarni bartaraf etish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring