Turkmanistondan Afrikagacha: O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan TOP-15 davlat fuqarolari

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida jami 14 216 nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 179 nafarga yoki 28,8 % ga oshgan.
Joriy yilning 8 oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Turkmaniston — 4 603 nafar;
Hindiston — 3 477 nafar;
Tojikiston — 1 392 nafar;
Xitoy — 710 nafar;
Pokiston – 700 nafar;
Janubiy Koreya — 553 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 333 nafar;
AQSh — 319 nafar;
Filippin – 245 nafar;
Turkiya – 233 nafar;
Afg‘oniston — 226 nafar;
Misr – 203 nafar;
Rossiya – 121 nafar;
Buyuk Britaniya – 110 nafar;
JAR – 98 nafar;
Boshqa davlatlar — 893 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter