Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2023-yilning eng arzon flagmani taqdim etildi — Moto X40

2023-yilning eng arzon flagmani taqdim etildi — Moto X40

Motorola kompaniyasi (Xitoy) Snapdragon 8 Gen 2 protsessorida ishlovchi Moto X40 flagman smartfonini taqdim etdi. Android Authority yozishicha, bu 2023-yilda sotuvga chiqariladigan flagmanlar orasida eng arzoni.

Qurilma 6,7 dyuymli OLED-ekranga ega (Full HD+), yangilanish sur’ati — 165 Gs.

Asosiy va ultrakengburchakli kameralari — 50 MP, qo‘shaloq optik yaqinlashuvni ta’minlovchi teleob’yektivi — 12 MP. Frontal kamerasi — 60 MP.

Moto X40 smartfoni 15 Vt tezkor simsiz quvvatlash hamda 125 Vt tezkor simli quvvatlash imkoniyatiga ega. Akkumulyatori — 4 600 mAs. Uning 50 foiz to‘lishi uchun 7 daqiqa sarflanadi.

Narxi:

  • 8/128 GB — 490 dollar
  • 8/256 GB — 530 dollar
  • 12/256 GB — 575 dollar
  • 12/512 GB — 620 dollar.

Smartfon 22-dekabrda Xitoyda sotuvga chiqadi. Global bozorda 2023-yil boshida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring