Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barcha soliq inspeksiyalarining rekvizitlari Yagona portalda jamlandi

Barcha soliq inspeksiyalarining rekvizitlari Yagona portalda jamlandi

Foto: «Mitc.uz»

Mamlakatimizda Davlat soliq qo‘mitasining 200 ta tuman va shahar inspeksiyalari faoliyat ko‘rsatadi. Qonun hujjatlariga muvofiq 10 dan ziyod soliqlar, ma’muriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalar, majburiy to‘lovlar hamda ijtimoiy fondlar uchun boshqa turdagi to‘lovlarni to‘lashda mazkur inspeksiyalarning rekvizitlari haqidagi ma’lumotlarga ehtiyoj tug‘iladi.

Shuni inobatga olgan holda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz)da soliq organlarining yagona g‘azna hisob raqamlari rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi interaktiv xizmat ishga tushirildi.

Mazkur xizmat orqali yurtdoshlarimiz tegishli soliq organining Yagona g‘azna hisob raqami haqidagi ma’lumotlarni onlayn olishlari mumkin.

Budjetga to‘lovlar Moliya vazirligining ijtimoiy bank hisobi — yagona g‘azna hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Mazkur hisob raqamlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yuridik yoki jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish hamda tegishli ma’lumotnoma shaklini to‘ldirish lozim. Undagi «Soliq organi» bo‘limida kerakli hududdagi soliq bo‘linmasi hamda soliq turini ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring