Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bill Geyts: Kriptovalyutalar «odamlarni o‘ldirmoqda»

Bill Geyts: Kriptovalyutalar «odamlarni o‘ldirmoqda»

Bill Geyts.

Foto: «NV.ua»

«Microsoft» asoschisi Bill Geyts kriptovalyutalarga nisbatan o‘zining keskin munosabatini bildirib, ular «odamlarni o‘ldirmoqda» dedi. Bu haqda Geyts Reddit saytining foydalanuvchilari bilan bo‘lib o‘tgan onlayn-muloqotda ma’lum qildi, deb xabar berdi «NV.ua».

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, kriptovalyuta rostdan ham juda yomon, chunki u o‘zining moliyaviy tranzaksiyalarini davlatdan yashirishni istagan odamlarning foydasiga ishlaydi. Shuningdek, uning yordamida moliyaviy jinoyatlar, terrorchilik va giyohvand moddalar savdosiga to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, bu esa «odamlarni o‘ldirish» hisoblanadi.

«Kriptovalyutalarning o‘ziga xos asosiy jihati — uning anonimligi. Men buni yaxshi deb o‘ylamayman. «Pul yuvish», terrorchilikni moliyalashtirish va soliqdan qochish kabi manbalarning hukumat tomonidan ta’qib etilishi — bu yaxshi. Ayni vaqtda kriptovalyutalar yordamida o‘limga olib keluvchi giyohvandlik vositalari sotib olinmoqda», — deydi «Microsoft» asoschisi.

Geytsning ushbu bayonoti foydalanuvchilar tanqidiga uchradi. Ularning yozishicha, «har qanday valyuta terrorchilik yoki «pul yuvish»da ishlatiladi».

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring