Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalarning faqat dam olish kunlari va bayramlarda onlayn o‘yinlar o‘ynashiga ruxsat berildi — Xitoy

Bolalarning faqat dam olish kunlari va bayramlarda onlayn o‘yinlar o‘ynashiga ruxsat berildi — Xitoy

Foto: «Ferra.ru»

Xitoyda 1-sentyabrdan «bolalarning jismoniy va ruhan sog‘lomligini himoyalash» qoidalari kuchga kirdi, deb yozmoqda «Ferra.ru».

Endilikda barcha voyaga yetmaganlarga haftasiga faqat 3 soatgacha onlayn o‘yinlar o‘ynashiga ruxsat beriladi: jumadan yakshanbagacha bir soatdan hamda bayramlarda ikki soatgacha.

Qoidalarga rioya qilinishi maxsus sayt yordamida nazorat qilinadi: istalgan foydalanuvchi o‘yin servislari ustidan shu yerda shikoyat qoldirishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, yangi qoidalar voyaga yetmaganlarni o‘yinlarga qaramlikdan himoyalash maqsadida XXR matbuot va nashr ishlari davlat boshqarmasi tomonidan qabul qilingan. Bu hujjatda keltirilishicha, barcha o‘yinlar proyvayderlariga o‘z resurslaridan foydalanuvchi bolalar va o‘smirlar uchun jumadan yakshanbagacha bo‘lgan oraliqda kuniga bir soatgacha, bayramlarda ikki soatgacha vaqt cheklovi joriy etish majburiyati yuklangan. Geymerlarning shaxsiy ma’lumotlari haqqoniyligi, yoshini yashirish maqsadida feyk akkauntlardan foydalanishini tekshirish vazifasi va javobgarligi ham provayderlarga yuklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring