Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

CES 2022: Eng g‘ayrioddiy va diqqatga sazovor texnologiyalar (foto)

CES 2022: Eng g‘ayrioddiy va diqqatga sazovor texnologiyalar (foto)

Kollaj

Texnologiyalar bo‘yicha an’anaviy ko‘rgazmaning navbatdagisi — CES 2022 ham ortda qoldi. Koronavirus pandemiyasi sababli bir paytlardagi gavjumlikdan asar ham yo‘q. Biroq texnologiyalar bir joyda to‘xtab qolgan ham emas: eng kuchli noutbuklar va butlovchi qismlar, konseptual qurilmalar ko‘rgazmada taqdim etildi. TJ nashri ana shular orasidan eng g‘ayrioddiy va diqqatga sazovorlari reytingini tuzdi.

Demak, ro‘yxatning boshida — o‘yin uchun mo‘ljallangan egiluvchi eng katta Samsung Odyssey Ark OLED-monitori. Bu ekranga uchtagacha ish stoli sig‘adi.

Samsung Odyssey Ark

Samsung, bundan tashqari, ajoyib portativ qurilmani taqdim etdi: proyektor, aqlli kolonka, chiroq — hammasi bittada.

Samsung proyektori

Ro‘yxatda dunyodagi eng katta OLED-televizor — 97 dyuymli LG ham bor.

97 dyuymli LG televizori

Rangini o‘zgartiruvchi avtomobil — BMW. Bitta tugma bosilsa bas, oq mashina kulrang tusga kiradi.

BMW avtomobili

Navbatdagi qurilma — Razer stol o‘yin kompyuteri. Ushbu modul qurilmaga diagonali 65 yoki 77 dyuymli OLED-displeylarni ulab ishlatsa bo‘ladi.

Razer stol o‘yin kompyuteri

Noutbuklar orasida ekrani 17,3 dyuymli ASUS Zenbook 17 Fold OLEDni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Qurilma universal: noutbuk, planshet, kitob va boshqa vazifalarni bajaradi.

ASUS Zenbook 17 Fold OLED

Mustaqil harakatlana oluvchi stol — Labrador Systems xonadon robot-yordamchisi.

Labrador Systems roboti

TP-Link routeri esa signalni yaxshiroq topish uchun to‘rtta antennasini avtomat tarzda aylantirib turadi.

TP-Link routeri

Qurilmalar ro‘yxatini Loreal taqdim etgan sochlarni uy sharoitida bo‘yash imkonini beruvchi moslama yakunlab beradi.

Loreal soch bo‘yagichi
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring