Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endilikda «Facebook» siyosiy reklamalar joylashtiruvchilarning pochtasiga maxsus kod yuboradi

Endilikda «Facebook» siyosiy reklamalar joylashtiruvchilarning pochtasiga maxsus kod yuboradi

Foto: «NV.ua»

«Facebook» siyosiy reklamalarni sotib oluvchi foydalanuvchilar shaxsini ularning pochtasiga maxsus kod yuborgan holda indentifikatsiya qiladi. Ta’kidlanishicha, bu orqali kompaniya xorijiy fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda siyosiy reklamalarning joylashtirilishiga qarshi kurashmoqchi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Facebook» ijrochi direktori Keti Xarbatning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya siyosiy reklamani sotib olishni ixtiyor etgan har bir potensial xaridorning pochtasiga maxsus kod yuboradi, ular mazkur kod orqali rostdan ham AQShda yashayotganliklarini tasdiqlashi kerak. Shundan so‘ng xaridor «Facebook»ka maxsus kodni kiritib, e’lonlarni sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Bu kabi usul birinchi marta noyabr oyida, AQShda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar vaqtida nomzodlar ismini eslatib turish uchun qo‘llaniladi.

Ma’lum qilinishicha, bu kabi reja AQShda 2016-yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik sayloviga Rossiyaning aralashuvi borasida gumonlar yuzaga kelgach, ishlab chiqildi.

O‘sha vaqtda Rossiya tomonidan joylashtirilgan, deya taxmin qilinayotgan 10 millionga yaqin foydalanuvchi siyosiy xarakterga ega reklamalarni ko‘rgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring