Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IMEI-kod: bir daqiqada tekshirib oling! (video)

IMEI-kod: bir daqiqada tekshirib oling! (video)

IMEI-kod– kichik raqam, katta himoya! U haqida hoziroq bilib oling.

Siz yangi telefon sotib oldingiz, xursandsiz. Lekin oradan bir oy o‘tib, u mobil tarmoqqa ulanmay qo‘ydi. Naqadar yoqimsiz vaziyat!

Bunday holatlarning oldini olish uchun telefon xarid qilayotganingizda atigi 1 daqiqa vaqt ajratishingiz va hozir sizga o‘rgatadiganlarimizni bajarishingiz kerak bo‘ladi.

IMEI nima va nima uchun bu muhim?

IMEI-kod (International Mobile Equipment Identity) – bu har bir mobil qurilmaga biriktirilgan noyob 15 xonali raqam. U telefoningizning pasporti hisoblanadi. O‘zbekistonda barcha mobil qurilmalar IMEI-kod orqali rasmiy bazada ro‘yxatdan o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tmagan qurilmalar 30 kuni ichida avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.

IMEI-kodning mavjudligi nafaqat aloqa xizmati uchun,balki huquqiy himoya, firibgarlikdan saqlanish va telefon xavfsizligi uchun ham muhim. Masalan, o‘g‘irlangan telefonlarni aniqlashda ro‘yxatdan o‘tgan IMEI asosiy rol o‘ynaydi.

>



IMEI-kodni qanday aniqlash mumkin?

1-usul:

*#06# kodini telefoningizda tering – ekranda IMEI-kodlar chiqadi.

2-usul:

Telefon sozlamalari → “Telefon haqida” bo‘limidan IMEI-kodni toping.

3-usul:

Qurilma qoplamasining orqa tarafida, qadoqlanish qutisida yoki SIM-karta slotida IMEI-kod yozilgan bo‘lishi mumkin.

IMEI-kodni tekshiruvi uchun 2 asosiy usul

1. www.uzimei.uz rasmiy veb sayti orqali tekshirish:
· Bosh sahifadagi “IMEI tekshirish” bo‘limiga o‘ting;
· IMEI-kodni kiriting → “Tekshirish” tugmasini bosing;
·Bir necha soniyadan so‘ng tizim Sizga IMEI-kodning holatini ko‘rsatadi.

2.
USSD orqali tekshirish:
· Telefoningizda *1170# kodini tering;
· Tizim menyusida tilni tanlang;
· “IMEI tekshirish” xizmatini tanlang;
· IMEI-KODni kiriting va tasdiqlang;
· Javob SMS tarzida keladi.

E’tibor bering: Agar telefoningizda 2 yoki undan ortiq SIM sloti bo‘lsa, har bir IMEIni alohida tekshiring!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring