Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Innovatsiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto:«Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan Sharof Raximberdiyevich Rajabbayev Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Oybek Kabiljanovich Norinbayev esa Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring