Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«NASA» Yupiterdagi bo‘ronlar tasvirini e’lon qildi

«NASA» Yupiterdagi bo‘ronlar tasvirini e’lon qildi

Foto: NASA

«NASA» «Juno» sayyoralararo stansiyasi suratga olgan, Yupiter sathida sodir bo‘layotgan bo‘ronlar tasvirini e’lon qildi.

Rasmda sayyoraning shimoliy yarimsharida sodir bo‘layotgan bo‘ronlar aks ettirilgan.

Rasmlar fevral oyida, «Juno»ning Yupiterga o‘n birinchi marta yaqinlashishida tushirilgan. Apparat ulkan suyuq gazdan tashkil topgan gigant sayyoradan taxminan 12 ming kilometr uzoqlikdan uchib o‘tgan.

Olimlar fotoredaktor yordamida rasmni qayta ishlaganlar. Natijada Yupiterdagi bulutli «tog‘»lar pushti ko‘rinish olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring