Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oyda dehqonchilik qilsa bo‘ladimi?

Oyda dehqonchilik qilsa bo‘ladimi?

Foto:«Moon Facts»

Joriy yil dekabr oyida Oyga qo‘nishi kutilayotgan Xitoyning «Chang‘e-4» kosmik kemasi Oyga kartoshka va rezuxovidka olib boradi. Shu bilan birga, Oyning qorong‘i tomonida ipak qurti boqishni ham tajribadan o‘tkazadi.

18 santimetr kattalikdagi alyumindan ishlangan gultuvaklarga ekilgan kartoshka va rezuxovidka Oyda kislorod ishlab chiqaradi. Bu o‘simliklar ishlab chiqaradigan kisloroddan ipak qurti nafas oladi. Ipak qurtining karbonat angridi esa mazkur o‘simliklarning fotosintez bo‘lishini ta’minlaydi.

Oydagi namlik va issiqlikni aniqlaydigan maxsus quvurlar bu haqda Yerga ma’lumot jo‘natib turadi. 

Rossiya va AQShdan keyin Oyga qadam qo‘ygan uchinchi davlat Xitoyning tajriba guruhiga professor Liu Hanlong boshchilik qiladi. Uning aytishicha, tadqiqot uchun tanlangan kartoshka kelajakda Oyga sayohat qiluvchilar uchun ozuqa bo‘lar ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring