Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Xiaomi 13T smartfonlar seriyasi sotuvga chiqarildi

O‘zbekistonda Xiaomi 13T smartfonlar seriyasi sotuvga chiqarildi

Joriy yilning 27 sentyabr kuni Toshkentda o‘zining ijodkorligini namoyon etishni istagan xaridorlar uchun yangi Xiaomi 13T seriyali smartfonlariga oldindan buyurtmalar olish boshlandi.

Ushbu yangi seriya ilg‘or ish faoliyatini optimallashtirish arxitekturasi, uzoq vaqtga mo‘ljallangan batareya quvvati va kristall tiniq displeyi bilan suratga olish, video ko‘rish yoki kundalik foydalanish uchun beqiyos tajribani taqdim etadi.

Xiaomi 13T Pro va Xiaomi 13T yuqori quvvat tejamkorlik funksiyalari va batareyaning uzoq ishlash muddatiga ega bo‘lib, foydalanuvchilarga tezkor va samarali smartfon bilan qulaylikni yaratadi.

Xiaomi 13 seriyasining klassik dizayn uslubiga ega Xiaomi 13 Pro va Xiaomi 13T uchta rangda sotuvga chiqarildi: ko‘k, yashil va qora. Ko‘k rangdagi modelning orqa paneli yumshoq va nozik teksturali yuqori sifatli Xiaomi BioComfort ekologik charm bilan bezatilgan bo‘lib, uni qo‘lingizda ushlab turish juda qulay.

Yashil va qora rangdagi modellarning orqa paneli, aksincha, porloq shishadan yasalgan bo‘lib, unga nafislik va hashamat beradi. Ikkala smartfon ham mustahkam, suv va changga chidamliligi uchun IP68 darajaga ega. Ushbu jozibali va bardoshli smartfonlardan hayotning har bir hayajonli lahzasini suratga olish, tomosha qilish va o‘zingizni yangidan kashf etish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring