Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Smartfon — ikkinchi uyim...»

«Smartfon — ikkinchi uyim...»

Foto: «ITIGIC»

Moddiy boyliklar orasida odam uchun eng keraklisi va qadrlisi bu, shubhasiz, shaxsiy boshpana, ya’ni uy. Va smartfon... Tadqiqotchilarga ko‘ra, zamondoshlarimiz o‘z smartfonlariga shunchalik bog‘lanib qolishganki, uning qadri uydan kam emas. Eng qizig‘i, smartfonparastlar faqat yoshlar emas, hamma — yettidan yetmishgacha.

London universitet kolleji antropologlari Irlandiyadan Italiyagacha — to‘qqiz mamlakatda yoshi ulug‘lar smartfonlarni qay darajada ishlatishayotganini o‘rganishdi. Bir yil davom etgan tadqiqot ko‘rsatishicha, smartfon odamlarga shunchaki ermak emas, balki muhimligi bo‘yicha boshpanadan kam bo‘lmagan muhim vazifani bajaruvchi vositadir.

Kuzatishlar smartfonlardan foydalanish odamlar o‘rtasida jonli muloqotlar tobora kamayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu barcha yosh toifalariga taalluqli. Nega bunday — aniq sababi topilmagan. Ehtimol hamma gap ko‘pchilik «WhatsApp» kabi tezkor muloqot vositalaridan foydalanishni o‘rganib olganidadir? Odamlar har qachongidan sermuloqot bo‘lib ketishgan, faqat yuzma-yuz emas, onlaynda — ko‘chada XXI-asr.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring