Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegram asoschisi BAAning eng boy kishisiga aylandi

Telegram asoschisi BAAning eng boy kishisiga aylandi

Foto: InternationalWealth.info

Forbes nashri Telegram messenjeri asoschisi va egasi Pavel Durovning boyligini 15,1 mlrd dollarga baholadi. Bu uning Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi eng boy inson ekanini anglatadi.

Durov hozir BAAda yashaydi — 2022-yil boshida ushbu mamlakat pasportini olgan. Bundan tashqari, Rossiya, Fransiya hamda Sent-Kits va Nevis orol-mamlakati fuqarosi ham sanaladi.

Forbes jurnalining global milliarderlar reytingida Durov 123-o‘rinda. Jurnalning ruscha talqini 2021-yilda uni rossiyalik boylar orasida to‘qqizinchi o‘rinda joylashtirgandi.

2022-yilda Durovning boyligi kamaydi — o‘tgan yili Forbes uning boyligini $17 mlrd deb baholagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring