Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahridagi Amiti universitetida xalqaro seminar o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Amiti universitetida xalqaro seminar o‘tkazildi

Foto: «Mitc.uz»

Toshkent shahridagi Amiti universitetida Jahon banki va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Aqlli shahar»ning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: «Mitc.uz»

Tadbirda Pusan «Aqlli shahar» loyihasi bo‘yicha strateg va yetakchi tadqiqotchi Jon-Sung Xvan, Jahon bankining katta iqtisodchisi, Smart City Global hamkorlik dasturining rahbari Xyun Gong Vang; Smart tarmog‘ining asoschisi Bobur Rahimov va boshqalar so‘zga chiqishdi.

Vazirlik va idoralar xodimlari, jurnalistlar, tadqiqotchilar hamda Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari raqamli iqtisodiyotning o‘rni haqida, qisqa vaqt ichida muammo va yechim o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga qanday yordam berishi haqida ma’lumot oldilar.

Shuningdek, vazirlik va idoralar xodimlari uchun O‘zbekistonda «aqlli shahar»larni rivojlantirish istiqbollari va rivojlangan mamlakatlarning raqamli iqtisodiyotni joriy etish tajribasini muhokama qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring