Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucellni 9 million O‘zbekiston fuqarosi afzal ko‘radi (video)

Ucellni 9 million O‘zbekiston fuqarosi afzal ko‘radi (video)

Foto: Xabar.uz

2023-yilda Ucell’ning O‘zbekistonda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga kiritgan sarmoyalari 136,3 million dollardan oshdi. Mamlakat budjetiga soliq va yig‘imlar shaklida 650 milliard so‘m tushirildi.

Yil davomida 1172 ta antenna machta inshootlari qurildi; 2449 ta tayanch stansiyalari modernizatsiya qilindi. 7233 ta yangi tayanch stansiyalari foydalanishga topshirildi.
O‘tgan yili 60 ta yangi Ucell savdo ofislari ochildi: hozirda barcha viloyat va shaharlarda Kompaniyaning 140 ta zamonaviy, texnologik ilg‘or savdo shahobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Natijada: «COSCOM» MChJ bugungi kunda abonentlar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi: 9 million O‘zbekiston fuqarosi Ucellni afzal ko‘rdi.

Texnik va texnologik modernizatsiya.

O‘tgan yili Ucell mobil tarmog‘i ob’yektlari soni 2023-yil mobaynida 18 foizga oshgan. Kompaniya mamlakatdagi barcha Ucell tayanch stansiyalarini to‘rtinchi avlod 4G LTE aloqa vositalari bilan jihozlashni deyarli yakunladi.

2023-yilda Sirdaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida mobil aloqa tarmog‘i infratuzilmasi to‘liq yangilandi.

Tayanch stansiyalarida 6000 ta akkumulyator batareyalari almashtirildi.

Toshkent va Samarqand shaharlarida beshinchi avlod 5G aloqa tarmog‘ining qamrov hududini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha ishlar amalga oshirildi. 5G aloqasi Toshkent viloyatining dam olish hududlarida ham joriy etildi; 2290 m balandlikdagi eng baland tayanch stansiyasi, Amirsoy dam olish maskanida foydalanishga topshirildi.
Chuqur modernizatsiya tufayli tarmoq orqali uzatiladigan internet-trafik bir yil ichida ikki barobarga oshdi.

Marketing yechimlari bo‘yicha yetakchilik.

Ucell iste’molchilarning sodiqlik indeksida ham yetakchi hisoblanadi.

Ucell mahsulotlari bozordagi eng jozibali va tushunarli mahsulotlar qatoriga kiradi.

Yangi «Doimiy» tarif liniyasi 4 milliondan ortiq abonentni jalb qildi. Toshkentdagi TAF reklama festivalida Ucell «Mobil aloqa tariflarida trendlarni belgilovchi operator» deb topildi.

Kompaniya «Obuna uchun smartfon» noyob mahsulotini taqdim etdi, bu esa bir oylik to‘lov, jumladan, muddatli to‘lov va abonent to‘lovlari bilan yangi ulangan smartfonni xarid qilish imkonini beradi. Ucell O‘zbekiston bozoridagi chakana savdoda va ma’lum bir modelni Ucell internet-do‘koni orqali oldindan band qilgan holda xarid qilish mumkin bo‘lgan uyali aloqa operatori hisoblanadi. Ucell O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Trade-in – eski smartfonni yangisiga almashtirishni yo‘lga qo‘ydi.

Call-markaz xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha dunyo miqyosidagi mezonlarga juda yaqin keldi: Call-markazga qo‘ng‘iroq qilgan abonentlarning 86 foizi 30 soniya ichida javob oldi. 2023-yilda markaz operatorining o‘rtacha javob vaqti 16 soniyani tashkil etdi.
Ucell mamlakatda birinchi bo‘lib moliya va sug‘urta tashkilotlari uchun Scoring tizimini ishga tushirdi. Xizmat mijozlarning to‘lov qobiliyatini aniqlash va kreditlash xavflarini baholash uchun aloqa operatori ma’lumotlaridan foydalanish imkonini beradi.

Ucell va AT.

Ucell biznesini raqamlashtirish tobora kuchayib bormoqda: yangi raqamli kanallar abonentlar bilan muloqot qilishning asosiy kanallariga aylanmoqda: Mobil ilova va yangi abonentning shaxsiy kabineti. Ucell mobil ilovasini mart oyidan dekabr oyigacha 1 205 565 abonent yuklab oldi.

Yil boshida Ucell «Dilerlik mobil ilovasi» loyihasini amalga oshirdi: savdo do‘konlari va dilerlik tarmog‘i uchun yangi raqamli vosita. Bu dilerlar va chakana savdo uchun abonentlarni Ucell tarmog‘iga ulash va ularga SIM-kartalarni chiqarish jarayonini tezlashtirish va soddalashtirish imkonini berdi. Endi abonentni ulashning butun jarayoni bir daqiqadan ko‘proq vaqtni oladi.

Ucell kompaniyasining asosiy kapitali.

Shubhasiz, bu odamlar. Kompaniyada 2000 dan ortiq xodimlar ishlaydi. 2023 yilda Ucell 303 ta yangi ish o‘rni yaratdi. Demak, yuzlab o‘zbek oilalarida ota-onalar ish bilan ta’minlandi, barqaror ish haqi, ijtimoiy imtiyoz va hayotiy istiqbolga ega bo‘lishdi.

Xodimlarni o‘qitish kompaniya maqsadlariga erishishda katta o‘rin tutadi. O‘tgan yil davomida o‘quv markazi jamoasi 16 xil o‘quv dasturlarini o‘tkazdi va 1865 nafar xodimni o‘qitdi. Hamkorlar uchun asosiy tariflar va xizmatlar bo‘yicha 149 ta shaxsiy treninglar o‘tkazildi; 929 nafar dilerlik savdo shahobchalarining operatorlari o‘qitildi. 42 ta tashqi o‘quv kurslariga shartnomalar olindi, ularda 541 nafar xodim o‘qitildi.

Biz uchta bepul professional konferensiya o‘tkazish orqali Ucellda qo‘llaniladigan eng yaxshi ish tajribalarini tashqi dunyo bilan faol baham ko‘rdik.

Katta o‘zbek oilasi muhim bayramlarda yig‘ilganidek, Ucell xodimlari jamoasi ham yiliga ikki marta korporativ tadbirlarni nishonlaydi: kompaniyaning tug‘ilgan kuni va Yangi yil.

Investitsiyalar va innovatsiyalar davom etmoqda

Bir so‘m, bir dollar foyda ham O‘zbekistondan tashqariga ketmaydi: Ucellda olingan barcha foyda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarga yo‘naltiriladi.

Yangi stansiyalar qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish 2024-yilda ham davom etadi. Beshinchi avlod 5G mobil aloqasining qamrov doirasi kengayadi. 2023-yilda bo‘lgani kabi, yuqori sifatli ovozli va video aloqa va ishonchli internet ishlashini ta’minlovchi yuqori tezlikdagi 4G LTE tayanch stansiyalarini ishga tushirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ucell missiyasi: «Biz oddiy, arzon va ishonchli xizmatlarni taqdim etamiz – biz odamlar bilan va odamlar uchun ishlaymiz».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring