Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UNICON.UZ» DUK FV ogohlantirish va xabar berish avtomatlashtirilgan tizimining yagona integratori etib belgilandi

«UNICON.UZ» DUK FV ogohlantirish va xabar berish avtomatlashtirilgan tizimining yagona integratori etib belgilandi

Endilikda «UNICON.UZ» DUK FV haqida ogohlantirish va xabar berish tizimining tartibga soluvchisi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi «UNICON.UZ» fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi» DUK favqulodda vaziyat ro‘y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berishning axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, loyiha hujjatlari, shu jumladan, texnik topshiriq va texnik iqtisodiy hisoblarni hamda apparat-dasturiy tizim va texnik vositalarni ishlab chiqish hamda joriy etish bo‘yicha yagona integrator etib belgilandi.

«UNICON.UZ» tomonidan ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan tizim favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi haqida ogohlantiradi, favqulodda vaziyat ro‘y berganligi to‘g‘risida ishonchli va tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlashda yordam beradi. Shuningdek, dasturiy ta’minot orqali aholi gavjum joylarda xabar berish tizimiga ulangan terminal komplekslarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatda to‘g‘ri harakat qilish tartibi va muhofazalanish usullari video yoki audio talqinda ta’minlanishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring