Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzmobile» yangi tarif rejalarini taqdim etdi

«Uzmobile» yangi tarif rejalarini taqdim etdi

«Uzmobile» mobil aloqa operatori 2019-yil 2-apreldan, CDMA-450 aloqa standarti abonentlari uchun yangi «Oddiy» va «Ajoyib» tarif rejalarini taqdim etdi.

Ko‘pchilik abonentlar keraksiz xizmatlar kiritilgan murakkab tariflarni yoqtirmaydi. Bunday abonentlar uchun bor-yo‘g‘i 9 900 so‘m abonent to‘lovi evaziga yangi «Oddiy» tarif rejasi foydalanishga kiritilmoqda, deyiladi kompaniya xabarida.

Mazkur tarif rejasiga quyidagi asosiy xizmatlar kiritilgan:

  • O‘zbekiston bo‘ylab so‘zlashuvlar uchun 250 daqiqa;
  • UZTELECOM tarmog‘i ichida so‘zlashuvlar uchun 500 daqiqa;
  • 500 Mb internet trafik;
  • 250 SMS xabar.

«Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar» GSM va CDMA-450 standartidagi, shuningdek, «O‘zbektelekom» AK mahalliy raqamlariga qo‘ng‘iroqlar hisoblanadi.

Shuningdek, mobil aloqa xizmatining faol foydalanuvchilari uchun maxsus «Ajoyib» tarif rejasi foydalanishga kiritildi.

Ushbu tarifda 39 900 so‘m to‘lovini amalga oshirgan abonent O‘zbekiston bo‘ylab tarmoq ichida qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun cheksiz limitlar, shuningdek, oyiga 1000 Mb internet-trafik va 1 000 SMSga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring