Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UZTELECOMdan kichik va o‘rta biznes uchun «Tadbirkor» tarifi

UZTELECOMdan kichik va o‘rta biznes uchun «Tadbirkor» tarifi

Foto: «O‘zbektelekom» AK

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab- quvvatlash yilida «O‘zbektelekom» AK biznesni qo‘llab-quvvatlaydi va kichik va o‘rta biznes kompaniyalari uchun yangi kompleks yechim – «Tadbirkor» tarif rejalarini taklif qiladi.

Yangi tarif rejalar qatorining o‘ziga xosligi shundaki, cheklanmagan internet kafolatlangan tezlikda va hamyonbop narxlarda taqdim etiladi.

Axborotlarni yuklab olish, qayta ishlash va jo‘natish uchun sarf qilingan vaqt, ish boshqaruvchilarning masalalarni operativ hal qilishi mijozlarni saqlab qolishda katta ahamiyat kasb etadi, bu esa, o‘z navbatida, moliyaviy natijalarning yaxshilanishiga ta’sir kґrsatadi. Vaqt – bu pul demakdir, bu esa biznes uchun juda muhim sanaladi. Zamonaviy mijozlarga yo‘naltirilgan kompaniyalar uchun xizmat ko‘rsatish sifati kafolatlangan yuqori tezlikdagi internet ish faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi.

UZTELECOM yangi qoidalarga tayanib kichik va o‘rta biznes bilan hamkorlik qilishni boshlaydi: 1 dekabrdan «Tadbirkor» tarif rejalariga 7 xil tezlikda, ya’ni 2, 4, 8, 16, 24, 32 va 40Mbit/s. tezliklarda ADSL va FTTx/VDSL texnologiyalari orqali ulanish imkoni mavjud. «Tadbirkor» tarif rejalari biznes maqsadlariga muvofiq kengayib boradi.

30 noyabr kuni «O‘zbektelekom» AK tarif rejalari shartlarida taqdim etilayotgan tezlikdagi «gacha» qo‘shimchasini inkor qilganini eslatib o‘tamiz. Endilikda, biznesni rivojlantirishda hech qanday to‘siqlar yo‘q!

«Tadbirkor» tarif rejalari qatori — trafigi cheklanmagan

Tarif

reja

nomi

Abonent to‘lovi, so‘m

00:00dan 19:00gacha Internet tarmog‘iga ulanish tezligi, Mbit/sek.

19:00dan 00:00gacha Internet tarmog‘iga ulanish tezligi, Mbit/sek.

Tas-IX tarmog‘iga ulanish tezligi, Mbit/sek.

Tashqi trafikka kiritilgan limit, Mb

Tadbirkor-1

240 000

2

0,5

2

cheklanmagan

Tadbirkor-2

384 000

4

1

4

cheklanmagan

Tadbirkor-3*

615 000

8

2

8

cheklanmagan

Tadbirkor-4*

984 000

16

4

16

cheklanmagan

Tadbirkor-5*

1 380 000

24

6

24

cheklanmagan

Tadbirkor-6*

1 656 000

32

8

32

cheklanmagan

Tadbirkor-7*

1 990 000

40

10

40

cheklanmagan

*FTTx/ VDSL texnologiyasi bo‘yicha taqdim etiladi.

Barcha mavjud tarif rejalarining shartlari bilan to‘liq tanishish uchun kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring