Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Virgin Hyperloop One» Saudiya shahzodasiga o‘zining yo‘lovchi tashuvchi kapsulasini namoyish etdi (video)

«Virgin Hyperloop One» Saudiya shahzodasiga o‘zining yo‘lovchi tashuvchi kapsulasini namoyish etdi (video)

Foto: «Hi-News»

Kaliforniyadagi Moxave cho‘lida Saudiya shahzodasi hamda unga hamrohlik qilgan davlat amaldorlariga yo‘lovchilarni vakuum tunneli orqali tashishga mo‘ljallangan kapsula namoyish etildi, deb xabar beradi «Nv.ua».

«Vision 2030» kapsulasiga turli «nakleyka»lar bilan yopishtirilgan bo‘lib, mazkur loyiha Saudiya Arabistoni uchun ekanligini bildiradi.

«Virgin Hyperloop One» vakillarining so‘zlariga ko‘ra, truba ichida harakatlanayotgan poyezd yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlardan ko‘ra 2—3 barobar tezroq harakatlanishga qodir. Kapsulalar nafaqat yo‘lovchilarni, balki yuklarni ham tashiy oladi.

«Biz sabrsizlik bilan Saudiya Arabistoni va «Virgin Hyperloop One» o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Biz innovatsion «Hyperloop» kabi transport texnologiyalarini yaratib, Saudiya Arabistonini texnologik novatorga aylantirish niyatidamiz. «Hyperloop» — bu barcha yangi texnologiyalarning Qirollikda gullab-yashnashiga xizmat qiladigan katalizatordir», — deydi shahzoda Muhammad ibn Salmon.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring