Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya pochtasi xodimlari kamligi uchun dronlarni ishga soldi

Yaponiya pochtasi xodimlari kamligi uchun dronlarni ishga soldi

Foto: «The Drive»

Yaponiya pochta operatori — «Japan Post» Fukusima prefekturasida mamlakatdagi ilk dron pochtasini yo‘lga qo‘ydi. Albatta, yaponlar texnologik ilg‘or xalqligiga ko‘nikib qolganmiz, ammo navbatdagi chora birinchi navbatda pochta xodimlari yetishmovchiligi bilan bog‘liq.

«The Japan Times» xabar berishicha, pochta operatori hujjatlarni yetkazib berish uchun 7-noyabr kuni dronlarni sinovdan o‘tkazib ko‘rgan: to‘rtparraklar bolalar chizgan rasmlar va yangi yil otkritkalarini Minamisoma shahridan Nami shahriga yetkazish uchun to‘qqiz kilometr masofani 15 daqiqada uchib o‘tdi.

Endi dronlarni haqiqiy ish kutyapti. Ilgari operatorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinmaydigan masofada dronlarni uchirishlari qonunan taqiqlovda edi, endi esa agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya va sifatli boshqaruv tizimi kafolatlansa, kompaniyalar pochtasini bemalol tashiyveradi.

«Japan Post» 2 kilogrammgacha yuk ko‘taradigan, 54 km/soat tezlikda uchadigan dronlardan foydalanmoqchi. Avvaliga pochta va reklama bukletlari yetkaziladi, ish rivojiga qarab, navbat hujjatlarga ham yetib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring