Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

10-oktyabrdagi bombardimon Rossiyaga qanchaga tushgani aytildi

10-oktyabrdagi bombardimon Rossiyaga qanchaga tushgani aytildi

10-oktyabr, dushanba kuni Rossiya Ukraina hududiga 84 ta qanotli raketa va 24 ta harbiy dron uchirdi (soat 17:00 holatiga ko‘ra). Ukraina tomoni 43 dona raketa va 13 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi.

Ularning o‘rtacha umumiy qiymati, Forbes’ning taxminiy hisob-kitobalirga ko‘ra, 400-700 million dollarni tashkil qiladi.

Nashrga ko‘ra, dushanba tongidan soat 17:00ga qadar Rossiya Ukraina tomonga X-101, X-555, «Kalibr», «Iskander», С-300, «Tornado-С» kabi raketalarini uchirgan.

Raketalarning aksariyati qimmat va yuqori aniqlikdagi X-101 va taktik masofaga ega raketalar (С-300, Tornado-С) bo‘lib, qolganlari havo mudofaasini himoya uchun otilgan.

Raketalarning narxlari esa quyidagicha:

  • X-101 – 13 million dollar;
  • «Kalibr» – 6,5 million dollar;
  • «Iskander» – 3 million dollar;
  • «Oniks» – 1,25 million dollar,;
  • X-22 – 1 million dollar;
  • «Tochka-U» – 0,3 million dollar.

Urushning dastlabki ikki oyida ruslar Ukrainaga 1300 dan ortiq raketa uchirgan bo‘lib, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, ularning qiymati 7,5 milliard dollarni tashkil etgan.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina olti oylik urush davomida (24-fevraldan 24-avgustgacha) 16,6 milliard dollarlik rus harbiy texnikalarini yo‘q qilgan. Shu bilan birga ruslar raketalardan tashqari 12 142 ta texnikasini yo‘qotgan. 2 mingga yaqin tank, 234 samolyot va 15 ta kema, shular jumlasidan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring