Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2024-yildan Qozog‘iston milliy jamg‘armasi har bir bolaga ulush ajratadi

2024-yildan Qozog‘iston milliy jamg‘armasi har bir bolaga ulush ajratadi

Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi (Majilis) mamlakat milliy jamg‘armasi hisobidan bolalarga jamg‘arib boriladigan mablag‘ ajratishga doir qonunni ma’qulladi. 

Deputat Berik Beysengaliyevning qayd etishicha, milliy jamg‘armaning yillik sarmoyaviy daromadlaridan 50 foizi bolalar ulushi hisoblanadi.

Qozog‘istonlik har bir bola nomiga ochilgan hisobga u 18 yoshga to‘lgunga qadar pul o‘tkazib turiladi. Fuqaro voyaga yetgach, yig‘ilgan mablag‘ni o‘qish yoki turarjoy sotib olish maqsadida ishlatishi mumkin.

Bola tug‘ilishi yoki Qozog‘iston fuqaroligini olishi bilan mablag‘ o‘tkazish boshlanadi. Milliy jamg‘arma daromadi barcha bolalarga teng miqdorda taqsimlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘ soliqdan ozod etiladi.   

Ushbu qonun 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Avval xabar berganimizdek, bolalar uchun jamg‘arma ta’sis etish tashabbusi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan 2022-yil 1-sentyabr kuni mamlakat xalqiga yo‘llangan murojaatda ilgari surilgan. Qozog‘iston rahbari mamlakatdagi har bir oila milliy boyliklardan tegishli ulushini olishi kerakligini ta’kidlagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring