Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dengizdan Yevropaga: BMT ayanchli raqamlarni oshkor qildi

Dengizdan Yevropaga: BMT ayanchli raqamlarni oshkor qildi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon Yevropaga dengiz orqali yetib olishga uringan jami 1212 nafar noqonuniy muhojir halok bo‘lgan.

Eng ko‘p o‘lim, ya’ni 675 qurbon O‘rtayer dengizini kesib o‘tish chog‘ida kuzatilgan. Afrikaning g‘arbiy sohillari bo‘ylab Atlantika okeanida esa 250 kishi halok bo‘ldi. G‘arbiy O‘rtayer dengizida 155 kishi, sharqiy O‘rta yer dengizida esa 132 kishi halok bo‘ldi. 

Xabar qilinishicha, noqonuniy muhojirlar Ispaniya, Italiya va Gretsiya qirg‘oqlariga dengiz orqali yetib borishga urinib, u yerda boshpana olish umidida rasmiylarga taslim bo‘lishadi yoki quruqlik orqali qit’aning ichki qismiga o‘tishga harakat qilishadi. 

Dengiz orqali Yevropaga noqonuniy ketish uchun eng mashhur joylar Turkiyaning g‘arbiy qirg‘oqlari, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash va G‘arbiy Sahroi qirg‘oqlaridir.

Eng ko‘p noqonuniy muhojirlar Yevropaga dengiz orqali Bangladeshdan (11331 kishi) kirgan. Ikkinchi o‘rinda misrliklar (7599 kishi), uchinchi o‘rinda Afg‘oniston fuqarooari (6616 kishi).

Birinchi o‘ntalikka Mali, Eritreya, Sudan, Jazoir, Pokiston, Somali va Senegal fuqarolari ham kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring