Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ajrashish Jeff Bezosga juda qimmatga tushadi

Ajrashish Jeff Bezosga juda qimmatga tushadi

Foto: «globallookpress.com»

Amerikaning «Amazon» kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos rafiqasi Makkenzi Bezos bilan ajrashgandan keyin 69 milliard dollaridan ayrilishi mumkin. 

Aksincha, Makkenzi Bezos esa dunyodagi eng badavlat ayolga aylanadi. Hozirda dunyodagi eng badavlat ayollar ro‘yxatida birinchi pog‘onani L’Oreal kompaniyasi asoschisining nabirasi Betankur Mayers egallab kelmoqda. Uning boyligi 45,6 milliard dollarni tashkil etadi.

Ma’lum qilinishicha, «Amazon» kompaniyasi rahbari Jeff Bezosning boyligi 137-150 milliard dollar atrofida. Huquqshunoslar Bezos rafiqasi bilan ajrashsa, boylik teng bo‘linishini aytishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bezoslar ajrashish haqida «Twitter» sahifasida ma’lum qilishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring