Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh davlat kotibi rossiyaliklarga murojaat qildi

AQSh davlat kotibi rossiyaliklarga murojaat qildi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Xelsinki meriyasi binosida Finlyandiya xalqaro munosabatlar instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda nutq so‘zladi.

O‘z nutqida rossiyaliklarga murojaat qilgan amaldor AQSh ularga uchun dushman emasligini ta’kidlagan. 

«AQSh sizning dushmaningiz emas», degan Blinken ruslarga qilgan murojaatida.

AQSh Davlat kotibining tushuntirishicha, Vashington Moskva bilan o‘ttiz yildan beri barqaror hamkorlik qilib kelmoqda. Xavfsiz va farovon Rossiya Amerika manfaatiga to‘g‘ri keladi, deydi u. 

Shuningdek, u AQSh Rossiyada hukumatni ag‘darishga intilmasligini, xalq o‘z kelajagini o‘zlari belgilashi kerakligini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring