Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh kemalari Xitoy hududiy suvlariga noqonuniy kirib kelishda ayblandi

AQSh kemalari Xitoy hududiy suvlariga noqonuniy kirib kelishda ayblandi

Foto: RBK

Xitoy o‘z hududiy suvlariga AQSh harbiy-dengiz kuchlariga qarashli ikkita kema noqonuniy kirib kelgani haqida bayonot berdi. Bu haqda «Reuters» xabar tarqatdi.

Gap Janubiy Xitoy dengizidagi Spratli oroli yonginasidan suzib o‘tgan raketali esminetslar haqida ketmoqda.

Rasmiy Vashington esa bu hududlar Xitoyga tegishli ekanini inkor etgan holda muntazam ravishda o‘z kemalarini Sisha arxipelagi, Nansha va Xuan’yan orollari akvatoriyasiga yuborib turadi. Amerika hukumati iddao qilishicha, bu tadbirlardan maqsad «kemalar qatnovi erkinligi»ni ta’minlashdir.

Ushbu hududga Xitoydan tashqari Vetnam, Bruney, Malayziya va Filippin ham ko‘z tikmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring