Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda birinchi bo‘lib o‘z maoshini bitkoinda oladigan mer paydo bo‘ldi

AQShda birinchi bo‘lib o‘z maoshini bitkoinda oladigan mer paydo bo‘ldi

AQShning Mayamida shahrining amaldagi meri Frensis Suares 3 noyabr o‘z lavozimiga qayta saylangan. Lekin eng qizig‘i, u kriptovalyutada maosh oladigan dunyodagi birinchi mer bo‘ldi. Bu haqda Rambler ma’lum qildi.

Suaresning maoshi uchun doimiy valyuta sifatida bitkoin tanlangan. Qizig‘i shundaki, bunday tashabbusni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish hali ham mumkin emas.

Shu sababli, mer Strike xizmati xizmatlaridan foydalanish rejalarini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Suares uzoq vaqtdan beri kriptovalyuta tarafdori bo‘lib kelgan. Bir vaqtlar u hatto Mayamini kripto-markazga aylantirish niyatini e’lon qilgan edi. Shuningdek, u shaharning barcha aholisi uchun bitkoinlarda ish haqi olish imkoniyatini yaratmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Mayami merining maoshi yiliga 187 500 dollarni tashkil qiladi. Bu taxminan oyiga 15 625 dollar, 0,25 bitkoinni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring