Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda rossiyalik aka-uka firibgarlikda ayblanib, 12 yilga qamaldi

AQShda rossiyalik aka-uka firibgarlikda ayblanib, 12 yilga qamaldi

Foto: «ria.ru»

RF fuqarolari Igor va Denis Grushkolar AQShda kiberjinoyatda ayblanib, 12 yil qamoq jazosiga mahkum etildi, deyiladi sud hukmida. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.

33 yoshli Igor Grushko va uning 29 yoshli ukasi Denis Fort-Loderdeyl istiqomat qilishardi. Ular og‘irlashtiruvchi holatlarda shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, o‘g‘irlangan kredit kartalaridan foydalanish, shuningdek, qalbaki kredit kartalari va shaxsni tasdiqlovchi soxta hujjatlarni ishlab chiqarishda ayblanmoqda.

Federal prokuror mahkamasiga ko‘ra, aka-ukaning kvartirasi tintuv qilinganda bankomatlarda pul yechib oluvchi o‘nlab qurilmalar, yashirin kameralar va kredit kartalari raqamlarini o‘g‘irlash va ularning qalbaki nusxasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan boshqa matoxlar, bundan tashqari, shaxsni aniqlovchi qalbaki hujjatlar tayyorlash uchun butun bir gologrammalar, yuzlab qalbaki kredit kartalari va minglab kredit kartalarining raqamlari topilgan.

Sud jarayonida aka-uka Grushkolar Ukraina fuqarosi Vadim Voznyuk bilan til biriktirgani, ular Floridaning yuzlab aholisiga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlagani, noqonuniy daromadiga esa mahalliy do‘konlardan elektronika xarid qilishgani isbotlandi.

24 yoshli Voznyuk o‘g‘irlangan kredit kartalaridan foydalanish ayblovi bilan 1 yilu 3 oyga qamaldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring