Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arabiston yarimorolida 120 ming yillik inson izlari topildi

Arabiston yarimorolida 120 ming yillik inson izlari topildi

Foto: «Twitter»

Arabiston yarimorolida qariyb 120 ming yil burungi insonlarining izlari topildi. Kam sonli odamlar guruhi chanqog‘ini qondirish va ov qilish uchun kichik ko‘l bo‘yida to‘xtagan. Zamonaviy tuyalar, buyvollar va fillarning ajdodlari ham bu ko‘lga suv ichishga kelib turganini izlar (ular hozirgilaridan ancha katta) tasdiqlamoqda.

Ko‘hna tarix izlari Saudiya Arabistoni shimolida aniqlangan. Qadimgi insonlar hayotidan ushbu lavhalar inson va hayvonlarning Nefud cho‘lidagi izlariga bag‘ishlangan tadqiqot doirasida tiklandi. Ushbu kashfiyot Afrikadan yo‘lga chiqqan qadimgi insonlarning ilgari ma’lum bo‘lmagan yo‘nalishlari haqida tasavvur beradi.

Yuz ming yillar ilgari Arabiston yarimoroli hozirgidek tap-taqir sahro emas, balki yam-yashil va so‘lim o‘lka bo‘lgan. Yuqoridagi izlar 2017-yili qadimgi ko‘l o‘rnidagi yuza qatlam eroziyasi natijasida topilgan edi.

Optik lyuminessensiya usulida izlarning yoshiga aniqlik kiritildi. Antropologlar bu izlar neandertallarga tegishli emasligiga ishonishmoqda, chunki o‘sha davrda ularning bu yerga kelgani haqida hech qanday dalillar va izlar yo‘q. Yagona dalil qoladi, bu Homo Sapienslarning izlari, deb yozmoqda «National Geograghic».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring