Atrof-muhit ifloslanishi har yili 7 million kishining yostig‘ini quritayapti

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida har yili 7 million kishi halok bo‘lmoqda. Bu haqda «Hurriyet» xabar tarqatgan.
JSST bosh direktori Tedros Adanom barcha davlatlar va hukumatlar rahbarlarini atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga chaqirdi.
«Dunyoda 10 kishidan 9 nafari zararli moddalardan nafas oladi. Iflos havo barchaga, ayniqsa, qashshoqlarga katta xavf tug‘dirmoqda. Atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida halok bo‘layotganlarning 90 foizi endi rivojlanayotgan davlatlarning fuqarolaridir», – dedi Tedros Adanom.
Sanoat korxonalari, avtomobillar va boshqa transportlardan chiqayotgan zararli gazlar o‘limlarga sabab bo‘lmoqda. Atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida zaharli havo inson tanasiga o‘pka orqali kirib, keyin qonga so‘riladi. Bu o‘ta tahlikalidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter