Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyalik olim Xitoyda o‘limga hukm qilingani mojaro chiqardi

Avstraliyalik olim Xitoyda o‘limga hukm qilingani mojaro chiqardi

Avstraliyalik olim va bloger Yang Xenjun Xitoyda eng og‘ir jazoga hukm qilindi. U josuslikda aybdor deb topilgan.

The Guardian gazetasining xabar berishicha, Xitoyda olim va faol Yang Xenjunning o‘lim jazosi kechiktirilgani sababli Xitoy va Avstraliya o‘rtasida diplomatik janjal kelib chiqmoqda. Xenjun Avstraliya fuqarosi bo‘lib, mamlakat tashqi ishlar vazirligi Xitoy sudining qarorini qoralashini allaqachon ma’lum qilgan.

Yang Xenjun 2019 yilda Guanchjou aeroportida hibsga olingan edi. U josuslikda ayblangan (qaysi davlat ishlagani haqida Xitoy huquq-tartibot idoralari rasman xabar bermagan). Olim besh yildan buyon hibsda o‘tiribdi.

Xitoyda tug‘ilgan Xenjun XXR hukumati siyosatiga norozilik bildirgan olim, bloger, yozuvchi va faol sifatida tanilgan. U Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida ham dars bergan. 1999-yildan beri Xenjun Avstraliyada yashagan, 2002-yilda u ushbu mamlakat fuqaroligini olgan.

Avstraliya tashqi ishlar departamenti Xitoy sudining qaroriga qo‘shilmasligi va «hukmdan hayratda qolganini» bildirib bayonot bergandi. Ehtimol, Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi olimni ozod qilish va tibbiy sabablarga ko‘ra ekstraditsiya qilishni talab qiladi: besh yillik asirlikdan so‘ng uning sog‘lig‘i jiddiy xavf ostida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring