Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden «butun dunyo uchun falokatli bo‘ladigan voqea» haqida gapirdi

Bayden «butun dunyo uchun falokatli bo‘ladigan voqea» haqida gapirdi

NATOning qulashi nafaqat Qo‘shma Shtatlar uchun, balki butun dunyo uchun falokat bo‘ladi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden Univision Notisias nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Bayden alyansning 75 yilligi munosabati bilan NATO faoliyatiga izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari NATOni kengaytira olgan va Finlyandiya va Shvetsiyaning qo‘shilishi tufayli qo‘shimcha ikki ming mil (3,2 ming kilometr) chegaraga ega bo‘ldi. 

«Siz tasavvur qilishingiz mumkin bo‘lgan eng yomon narsa - bu NATOning qulashi boshlanishi, bu Qo‘shma Shtatlar, Yevropa va butun dunyo uchun falokat bo‘ladi», dedi Amerika rahbari. U hozir Rossiya bilan chegarada ittifoqqa a’zo mamlakatlarning butun bir guruhi borligini ta’kidladi va bundan faxrlanishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Telegraph gazetasi sobiq prezident Donald Trampning AQShni alyansdan chiqishi haqidagi tahdididan so‘ng NATOning qator diplomatlari Yevropa xavfsizligini ta’minlash rejalari haqida xabar bergan edi. Yevropalik diplomatlardan biri sobiq AQSh prezidentining so‘zlarini tashvishli deb atadi va «keyingi nima bo‘lishini hech kim bilmasligini» ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring