Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Baydenning pensiyasi Trampning maoshidan ko‘p

Baydenning pensiyasi Trampning maoshidan ko‘p

Foto: Global Look Press / Keystone Press Agency

AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden yiliga qariyb 417 ming dollar pensiya olmoqda, deb xabar berdi The New York Post.

Baydenning pensiya puli prezidentlik paytidagi maoshidan yuqori, Barak Obamaning pensiyasidan esa deyarli ikki baravar ko‘p.

Demokrat-prezidentning pensiyasi ko‘pligi uzoq yillik siyosiy karerasi va iste’foga chiqqanidan keyingi birinchi yildan boshlab ikkita davlat pensiya jamg‘armasidan to‘lov olish huquqi bilan izohlanadi. Soliq to‘lovchilarni himoya qilish milliy jamg‘armasi vitse-prezidenti Demian Bredining aytishicha, Bayden siyosiy martabasi sababli «noyob mavqe»ga ega — senator, vitse-prezident va prezident bo‘lgan, shuning uchun unga soliq to‘lovchilar hisobidan moliyalashtiriladigan bir nechta pensiya jamg‘armalariga kirish uchun «yo‘l» ochilgan. Baydenning pensiyasi prezidentlik lavozimidagi maoshidan 17 ming dollar ko‘p.

«Pensiyadagi Baydenga hozirgi prezidentdan ko‘proq pul to‘lanmoqda. Albatta, bu noyob holat, ammo islohotlar fursati ham yetgan. Kelajakda shunaqangi pensiya to‘lovlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun, kongress bunga e’tibor qaratishi lozim», — dedi Bredi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring